"Tashabbusli byudjet" jarayoni boshlanadi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab oʻtkaziladi.
Bunga koʻra:
— Birinchi bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 - 06.08.2023 davomida;
— Ikkinchi bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 - 26.08.2023 davomida;
— Uchinchi bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 - 15.09.2023 davomida oʻtkaziladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) byudjet hisobidan 1 trln. soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilishi kutilmoqda (mazkur mablagʻlar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring