Taroveh namozini oʻqish vaqtlari eʼlon qilindi
Ertaga, 18-fevral kuni xufton namozidan soʻng Oʻzbekistondagi masjidlarda taroveh namozi oʻqladi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ushbu amalning ado etilish vaqtlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlari quyidagicha:
• Andijon –– 20:20;
• Fargʻona –– 20:20;
• Namangan –– 20:20;
• Toshkent viloyati –– 20:30;
• Toshkent sh. –– 20:30;
• Sirdaryo –– 20:30;
• Jizzax –– 20:30;
• Samarqand –– 20:40;
• Surxondaryo –– 20:40;
• Navoiy –– 20:40;
• Buxoro –– 20:40;
• Qashqadaryo –– 20:45;
• Xorazm –– 21:00;
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi –– 21:00.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring