Tarixda ilk bor suzuvchimiz Jahon kubogida sovrindor boʻldi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida tashkil etilgan suzish boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlarida suzuvchimiz Jahon kuboklari tarixida ilk bor sovrindor boʻldi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Bunday tarixiy natijaga Vladislav Mustafin mualliflik qildi. Brass usulida suzishga ixtisoslashgan vakilimiz 50 metr masofaga kechgan bahsda bronza medaliga sazovor boʻldi. Batafsil:
Suzish boʻyicha Jahon kubogi. Vengriya
50 metr, brass. Erkaklar
1. Arno Kamminga (Niderlandiya) – 27.13
2. Saba Siladi (FINA) – 27.41
3. Vladislav Mustafin (Oʻzbekiston) – 27.46
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring