Tarixda birinchi marta Erondan AQSHga neft. eksport qilindi

16:19 29 May 2021 Dunyo
1113 0

2021-yil mart oyida AQSH tarixda birinchi marta Erondan bir million barrel neft import qildi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi maʼlumotlariga asoslanib “Interfaks” xabar bermoqda.

AQSH Energetika vazirligi 1981-yildan beri tegishli statistik maʼlumotlarni olib boradi. Ushbu davrda Erondan AQSHga 2020-yil oktyabr oyida 1,1 million barrel neft mahsulotlarining import qilinishi faqat bir marta qayd etilgan.

Eronga qarshi neft sanksiyalari AQSH maʼmuriyati tomonidan 2018-yil noyabr oyida joriy qilingan. Oʻtgan bir yarim yil ichida AQSH sakkiz mamlakatga Eron neftini import qilishga ruxsat berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер