Tarix va kelajakni bog‘lovchi innovatsion loyiha

22:47 26 Mart 2025 Jamiyat
364 0

Temuriylar tarixi davlat muzeyida "Ikkinchi Renessans" ekspozitsiyasi bo‘yicha Ilmiy-ijodiy guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda loyihalar yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanib, amalga oshirish bosqichlari muhokama qilindi.

Islom sivilizatsiyasi markazidagi “Ikkinchi Renessans” ekspozitsiyasi davlatchilik tarixi va ma’naviy merosni yoritishga qaratilgan. Unda "Vaqt devori" va Amir Temur davlatchiligi, uning davrida ro‘y bergan o‘zgarishlar, temuriylar davridagi boshqaruv tizimi, ilm-fan va madaniyat rivoji aks ettiriladi. Miniatyura kompozitsiyalari, interaktiv monitorlar, info-kiosklar orqali tarixiy ma’lumotlar taqdim etiladi.

“Ikkinchi Renessans” ekspozitsiyasi vaqt devori orqali “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” ekspozitsiyasiga bog‘lanadi. Shu o‘tish qismida “Xonliklar davri va mustamlakachilikka qarshi kurash” vaqt kapsulasi joylashtiriladi.

Vaqt kapsulasida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari tarixi, Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati, mustamlakachilikka qarshi kurashlar xaritalar, rasmlar, 3D kontentlar, media mahsulotlar orqali namoyish etiladi. Shuningdek, tarixiy shaxslar va shaharlar gologramma texnologiyasi yordamida tasvirlanishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilish davomida mazkur loyihalarni amalga oshirish, xalqaro tajriba va innovatsion yechimlardan foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер