“Targʻibot avtobusi” harakatlana boshladi

12:52 23 Sentyabr 2024 Jamiyat
261 0

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Bunda haydovchi va yoʻlovchilarda harakatlanish madaniyatini oshirish, aholi, ayniqsa, maktab oʻquvchilari orasida targʻibot tadbirlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jizzax viloyatida shu maqsadida yana bir yangilik amaliyotga joriy etildi. Soha xodimlari tomonidan sinov tariqasida Jizzax shahri hududida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga tegishli avtobuslardan “Targʻibot avtobusi” sifatida foydalanish yoʻl qoʻyildi.

— Endilikda har bir “Targʻibot avtobusi”ning tashqi koʻrinishida yoʻl harakati qoidalarini targʻib etuvchi pannolar bor. Avtobusdan tushgan yoʻlovchi uning orqa tomonidan oʻtishi va harakatlanib kelayotgan boshqa transport vositalari haydovchilarini hushyorlikka chorlovchi, tungi vaqtda nur qaytaruvchi materiallardan tayyorlangan eslatmalar bilan jihozlandi, — deydi Jizzax viloyati IIB JXX YHXB katta inspektori Abbos Dadashov. Shuningdek, avtobusning salonida yoʻlovchilarga yoʻnalish vaqtlarida yoʻl harakati qoidalari bilan tanishib borishi uchun yoʻl belgilari hamda harakat ishtirokchilari amal qilishi lozim boʻlgan qoidalar aks etgan pannolar oʻrnatildi.

Avtobusda harakatlanib ketayotgan yoʻlovchilarning eʼtiborini tortish maqsadida oʻrnatilgan monitorlarga soha xodimlari tomonidan tayyorlangan maxsus videoroliklar doimiy ravishda qoʻyib borilishi yoʻlga qoʻyildi. Buning barobarida soha xodimlari tomonidan avtobusga chiqqan har bir yoʻlovchilarga harakat ishtirokchisi bilishi va amal qilishi lozim boʻlgan qoidalar aks ettirilgan bukletlar tarqatilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер