Tanlov: 60 nafar yosh olim saralab olindi

14:23 29 Mart 2024 Jamiyat
466 0

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika koʻrik-tanlovining bu yilgi mavsumida Namangan viloyatidan innovatsion gʻoya va loyihalari bilan qatnashgan 400 nafarga yaqin yoshlardan 60 nafar iqtidor egasi viloyat bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti magistranti Komila Akramova ham mana shunday iqtidorli yoshlardan sanaladi. U respublika tanlovining shahar bosqichida “Paxta xom ashyosining namligini avtomatik oʻlchash tizimini ishlab chiqish” loyihasi bilan gʻolib deb topildi.

Mazkur loyiha paxtani ishlab chiqarishga qabul qilinganda uning namligini avtomatik ravishda oʻlchaydigan tizim yaratishdan iborat boʻlib, ushbu tizim maʼlumotlarni oʻqish va tahlil qilish uchun maxsus sensorlar va dasturiy taʼminotga asoslangan.

Qudratilla NAJMIDDINOV

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер