Taniqli jurnalist Karim Bahriyev 64 yoshida vafot etdi
Bugun, 29-mart kuni taniqli jurnalist, yozuvchi, tarjimon va sobiq deputat Karim Bahriyev 64 yoshida vafot yetdi. Bu haqida Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Karim Bahriyev avvalroq insult tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
Ustoz jurnalist Karim Bahriyev 1962-yili Samarqand viloyati Urgut tumani Gʻoʻs qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti, Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. “Hurriyat”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat” gazetalari va “Jahon adabiyoti”, “Dugonalar” jurnallarida faoliyat yuritgan.
U 1992, 2006 va 2011-yillarda “Mustaqillik” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring