Taniqli tovar belgilaridan foydalanib kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

17:56 01 Dekabr 2023 Jamiyat
185 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl tuman boʻlimi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.X. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, inson hayoti va sogʻligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan kir yuvish kukunlarini “Mif”, “Ariel”, “Tide”, “Persil” va “Ushastiy nyan” nomli tovar belgilaridan foydalangan holda qoplarga qadoqlab ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер