Taniqli olim, fan arbobi Turgʻunpoʻlat Daminov 81 yoshida vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, akademik Daminov Turgʻunpoʻlat Obidovich 1945-yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 1964-yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasida turli rahbar lavozimlarda ham faoliyat olib borgan, koʻplab yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qoʻshgan.
“Doʻstlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor” faxriy unvoni, “Mustaqillikning 15 yilligi” koʻkrak nishoni hamda “Albert Shveyser” xalqaro oltin ordeni bilan mukofotlangan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Polsha Tibbiyot akademiyasining haqiqiy aʼzosi.
T. Daminovning olim, yetuk mutaxassis sifatidagi ilmiy faoliyati nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro hamjamiyatda ham munosib eʼtirof etilgan. U tibbiyotning “Pediatriya” va “Yuqumli kasalliklar” kabi muhim yoʻnalishlarda ham oʻziga xos maktab yaratgan.
Daminov Turgʻupoʻlat Obidovichning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring