Taniqli kinotanqidchi Anton Dolin “Yakshanba” filmini Markaziy Osiyoning eng yaxshi kinolari qatoriga kiritdi
Kinotanqidchi Anton Dolin Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmlari roʻyxatini tuzdi. Undan oʻzbekistonlik rejissyor Shokir Xoliqov suratga olgan “Yakshanba” kinokartinasi ham oʻrin olgan.
“Uning «Yakshanba”sidagi barcha qahramonlar “yaxshi boʻlishini”ni xohlaydi, lekin avlodlar orasidagi uzilish muqarrar ravishda fojiaga olib keladi va bu uzoq, statik, ajoyib darajada chiroyli kadrlarda namoyish etilgan», — degan Dolin.
Maʼlumot uchun, “Yakshanba” filmi XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Markaziy Osiyo filmlari tanlovida “Eng yaxshi film” deb topilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring