Taniqli futbolchi koronavirusga chalindi
Italiyaning “Yuventus” klubi himoyachisi Daniel Rugani koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi. Bu haqda ushbu futbol jamoasi rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda futbolchida kasallik belgilarsiz oʻtyapti. Himoyachi klubning boshqa aʼzolaridan izolyatsiya qilingan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu kasallik tufayli Italiya A seriyasi oʻyinlarini vaqtincha toʻxtatilgan.
17-mart kuni esa “keksa senyoralar” Fransiyaning “Lion” jamoasiga qarshi YECHL 1/8 final javob uchrashuvini oʻtkazishlari kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring