Tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

17:56 02 Yanvar 2024 Jamiyat
706 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan K.N. fuqaro A.A.ga 20 quti tamaki mahsulotini 290 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasida oʻtkazish maqsadida olib kelingan 34 turdagi hech qanday hujjatsiz 4 171 quti tamaki mahsuloti mavjudligi aniqlanib, jami 51,4 mln soʻmlik mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер