Taʼlim tashkilotlarida ichimlik suvi obyektlari infratuzilmasi yaxshilanadi

18:18 07 May 2025 Jamiyat
374 0

Illyustrativ foto

Hukumatning tegishli qaroriga asosan, “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Dasturga koʻra, sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlari sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda taʼminlanadi va ichimlik suvi taʼminoti hamda sanitariya obyektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi. Ular binolarning ichki qismida joylashtiriladi.

Shuningdek, Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali maʼlumotlaridan foydalangan holda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash boʻyicha manzilli dastur shakllantiriladi.

Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenaning “Uch yulduzli yondashuv” metodikasi asosida baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер