Talabalarning oʻqishi Toshkent shahriga koʻchirildi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining qoʻshma “Axborot texnologiyalari” fakultetining hududiy filiallarida tahsil olayotgan talabalarning oʻqishi Toshkent shahriga koʻchirildi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʼlum qildi.
Hozirgi kunda ushbu fakultetning barcha talabalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring