Talabalarga 24 soat davomida xabar qoldirish imkonini beruvchi maxsus bot ishga tushirildi

22:58 21 Aprel 2020 Jamiyat
1399 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi karantin davrida talabalar va ularning ota-onalari, qolaversa, keng jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish hamda yurtdoshlarimizga sohaga oid taklif-mulohaza, muammolar toʻgʻrisida tezkor xabar qoldirish imkonini beruvchi maxsus botni ishga tushirdi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

@otv_murojaat_bot boti orqali hamyurtlarimiz respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalariga muassasa faoliyatiga doir xabar qoldirishlari mumkin. Buning uchun bot orqali hududlar kesimida kerakli oliy taʼlim muassasasi tanlanadi va xabar qoldirilishi mumkin. Yuborilgan barcha xabarlardan oliy taʼlim muassasasi rahbariyati xabardor boʻladi.

Ushbu bot aynan hozir, karantin kunlarida oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari masofaviy yoʻlga qoʻyilib, vazirlik tomonidan talabalarning masofadan turib sifatli taʼlim olishlari uchun barcha resurslar safarbar etilgan bir pallada ishga tushirildi.

Endilikda talabalar virtual muhitda olib borilayotgan oʻquv jarayonlari afzalligi va kamchiligi, oʻzlashtirilgan bilimlarini nazorat qilish va baholash yuzasidan va taʼlim jarayoni bilan bogʻliq boshqa masalalarda oliy taʼlim muassasasini xabardor qila oladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan @otv_murojaat_bot orqali yuborilayotgan xabarlarning oliy taʼlim muassasalarida oʻrganilishi muntazam nazorat qilib boriladi.

Eng muhimi, jamoatchilikdan kelib tushayotgan xabarlar va taklif-mulohazalar OTMlarda taʼlim jarayonlarini raqamlashtirishda ustuvor vazifalarni belgilab olishda yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер