Talabalarga 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berilishi mumkin
Illyustrativ foto
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini mutaxassisligi boʻyicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
— oliy taʼlim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan boshlab oliy taʼlim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi boʻyicha oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;
— haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq toʻlanadigan stajirovka oʻtayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;
— talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi boʻyicha ishlashiga faqat oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan davrida ruxsat etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring