Talabalar oʻqishini koʻchirishi uchun arizalar 5-avgustga qadar qabul qilinadi
Foto: Arxiv surat
Talabalar oʻqishini koʻchirishi uchun arizalar 5-avgustga qadar quyidagi platformalar orqali qabul qilinadi:
— davlat oliy taʼlim muassasalariaro – transfer.edu.uz orqali;
— xorijiy va nodavlat OTMlaridan – my.uzbmb.uz orqali.
Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga oʻqishni koʻchirishga quyidagi 2 holatdagina ruxsat beriladi:
— talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;
— davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring