Talaba chempion boʻldi
Tailandning Pattayya shahrida boʻlib oʻtgan para kanoye boʻyicha Osiyo chempionatida Jizzax politexnika instituti talabasi Muxlisa Eshmirzayeva oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Ayollar oʻrtasidagi bahslarda hamyurtimiz 1:05.912 natija bilan ushbu masofada Hindiston, Qozogʻiston va Eron sportchilarini ortda qoldirishga erishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring