Taksilarga yoʻlovchi tashishga ruxsat berildi
Taksi xizmatlariga ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha va kechki soat 17:00 dan 20:00 gacha yoʻlovchi tashish uchun ruxsat berildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarorida qayd etildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30-apreldan eʼtiboran fuqarolarga soat 07:00 dan 10:00 ga hamda soat 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yoʻlovchilar bilan birga), shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilgandi.
Bu yengillik ish joyiga borib kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur boʻlgan mahsulotlarni xarid qilish uchun berildi.
Bugungi kunda taksi kompaniyalari yetkazib berish xizmatlaridan tashqari yoʻlovchilar tashishni ham boshladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring