Takroriy saylov bir oy ichida oʻtkaziladi

13:25 18 Avgust 2020 Siyosat
777 0

Yunusobod tumani, “Adolat” mahalla fuqarolar yigʻini raisi lavozimi uchun oʻtkazilgan saylov jarayonlari bilan bogʻliq ijtimoiy tarmoqlarda berilgan videolavhalarga shu tumanning Yunusobod tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi munosabat bildirdi.

2020-yil 16-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktyabrdagi “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi (Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 21-sentyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018-yil 27-sentyabrda maʼqullangan) qonuniga muvofiq, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, “Adolat” mahalla fuqarolar yigʻini raisini saylash boʻyicha saylov oʻtkazilgan.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, saylovda dastlab 6 nafar nomzod koʻrsatildi, keyinchalik nomzodlarning 2 nafari saylov jarayonida oʻz nomzodini qaytarib olganligi sababli saylovda ishtirok etish uchun 4 nafar fuqaroning nomzodi qoʻyildi.

Tegishli komissiya qaroriga muvofiq belgilangan Vakillik normasi hududdagi saylash huquqiga ega 5629 nafar fuqaroning 12 foizi, yaʼni 675 nafar fuqaroni tashkil etdi.

Saylov jarayonida “Adolat” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, saylovda ovoz berish uchun roʻyxatga olingan 675 nafar fuqaroning 130 nafari, yaʼni umumiy saylovchilarning 18 foizi ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuni 25 moddasiga koʻra, saylovda fuqarolar yigʻinida ishtirok etuvchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etganligi sababli saylov oʻtmagan, deb topildi.

Shu sababli “Adolat” mahalla fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga takroriy saylov Qonun talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan oʻtkazish belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер