“Taxtaqoracha”da pulli tunnel qurilishi boʻyicha loyihalar avgust oyida topshiriladi
Shavkat Mirziyoyev 2023-yil oktyabr oyida “Taxtaqoracha” dovonida uzunligi 7 kilometr boʻlgan tunnel qurishni topshirgandi. Kecha, 11-iyul kuni Oliy Majlisdagi “Hukumat soati”da deputat Prezident topshirigʻi ijrosi kechikayotgani yuzasidan Transport vaziri Ilhom Mahkamovni savolga tutib, izoh soʻradi.
Vazirning maʼlum qilishicha, davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyiha boʻyicha hozirda 3 ta kompaniya oʻzining loyihalashtirish ishlarini olib bormoqda.
Xususiy tadbirkorlar geologiya ishlarini yakunlab, oʻzlarining texnik-iqtisodiy asoslarini joriy yilning avgust oyida taqdim qiladi. Uchta korxonadan qaysi biri maqbul deb topilsa u bilan shartnoma imzolanadi va ishlar boshlanadi.
“Mukammal ishlab chiqilayotgan loyiha ishlarini biz bu yil bitkazib, talabgorni aniqlab, u bilan shartnoma imzolaymiz”, degan Ilhom Mahkamov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring