Taxtaqoracha dovoni ikki kunga yopiladi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Taxtaqoracha dovonida joriy yilning 6-7 centabr kunlari vaqti-vaqti bilan yoʻl yopib qoʻyilishi eʼlon qilindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi
Maʼlum boʻlishicha, Kitob tumani hududidan oʻtuvchi M-39 Olma-ota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz xalqaro avtomobil yoʻlining 1135–1146-kilometridagi Taxtaqoracha dovonida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
Oʻquv mashqi rejasiga koʻra, ushbu avtomobil yoʻlida fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida yoʻl atrofidagi koʻchki va tosh qulashi xavfi mavjud boʻlgan hududlarda tegishli muhandis-texnik tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
“Shu munosabat bilan mazkur avtomobil yoʻlida vaqti-vaqti bilan fuqarolar va avtotransport vositalarining harakatlanishi qisqa muddatli cheklanadi va yoʻl yopiladi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring