Taxiatosh IESda 1040 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi asosiy korxona hisoblanadi.
Bugungi kunda korxonada oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari hisobiga qoplash maqsadida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda. Stansiya 2023-yilning birinchi choragida ishga tushiriladi.
Stansiyada yiliga oʻrtacha 1,8 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, korxonaning oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi 20-30 foizga kamayishiga va 628 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Maʼlumot uchun: 2022-yilning 11 oyi davomida stansiyada umumiy quvvati 16 kVt boʻlgan quyosh panellari ishga tushirildi. Shuningdek, 2800 litrli 14 dona quyosh suv isitish qurilmalari, 380 dona quyosh panelli yoritish chiroqlari hamda 360 dona sensorli harakat datchiklari oʻrnatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring