Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 317 mln. dollarga oshgan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 1,1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 317 mln. AQSH dollariga oshgan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 556,8 mln.
— Qirgʻiz R. – 333,4 mln.
— Qozogʻiston – 46,9 mln.
— Tojikiston – 19,8 mln.
— Belarus – 12,8 mln.
— Turkiya – 12,7 mln.
— Germaniya – 12,3 mln. AQSH dollari
Shu davrda tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
— Andijon viloyati – 338,7 mln.
— Namangan viloyati – 176,2 mln.
— Toshkent viloyati – 142,5 mln. AQSH dollari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring