Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berishni toʻxtatdi

22:50 11 Mart 2020 Dunyo
1143 0

Foto: www.google.com

Tailand hukumati koronavirusning keng tarqalishi sababli 11-mart, chorshanba kuni, Oʻzbekiston fuqarolari uchun kirish vizasini berishni toʻxtatdi.

Maʼlum boʻlishicha, Tailand hukumati Oʻzbekistondan tashqari yana 17 mamlakat fuqarolari uchun ham kirish vizalarini berishni toʻxtatgan. Ular qatoridan Bolgariya, Butan, Efiopiya, Fiji, Gruziya, Kipr, Malta, Meksika, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Vanuatu, Xitoy hamda Qozogʻiston oʻrin olgan.

Taʼkidlanishicha, roʻyxatdagi mamlakatlar orasidan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Efiopiya, Fiji, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Vanuatuda koronavirus holati qayd etilmagan. Viza berishga qoʻyilgan cheklovlar qancha vaqt davom etishi maʼlum qilinmagan.

Cheklov joriy etilgunga qadar ushbu mamlakatlar va hududlarning fuqarolari pasportlari yoki yoʻl hujjatlari bilan Tailanddagi immigratsiya punktlariga yetib borganida, viza olish uchun murojaat qilishi mumkin edi.

Tailand ichki ishlar vaziri tomonidan maʼlum qilinishicha, Janubiy Koreya, Italiya, Gonkong fuqarolari uchun barcha turdagi vizalar bekor qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер