Tailand oq guruchining birja narxlari soʻnggi uch yil ichida maksimal darajaga koʻtarilgan — tahlil
Иллюстратив фото
Osiyo-tinch okeani mintaqasida Tailand oq guruchining birja narxlari soʻnggi uch yil ichida maksimal darajaga koʻtarilib, bir tonna uchun 572 dollarni tashkil etdi. Bu haqda Tailand guruch eksportchilari assotsiatsiyasi tahlilchilari maʼlum qildi, deb xabar beradi Bloomberg.
Shunday qilib, soʻnggi ikki hafta ichida oʻsish taxminan 7 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, bozor mutaxassislarining fikricha, bu holat Hindiston hukumati tomonidan basmati navidan tashqari barcha turdagi guruchlarni mamlakatdan eksport qilishni taqiqlashi fonida sodir boʻlgan.
Nashrning qayd etishicha, Osiyo davlatlari Hindistondan guruchning asosiy xaridori hisoblanadi. Taqiqlash fonida mahalliy navlar ham qimmatlasha boshladi. Bundan tashqari, Tailanddagi vaziyat kuchli qurgʻoqchilik tufayli ogʻirlashmoqda, hosilning bir qismi nobud boʻlmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, istiqbolda guruch narxi koʻtarilishda davom etadi, chunki Osiyo va Afrika mamlakatlari eksportga muhtoj. Oʻz navbatida, bu mintaqada inflyatsiyani keltirib chiqarishi va oziq-ovqat inqirozini yanada kuchaytirishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring