Tailand hamda Filippinning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinlandi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tailand hamda Filippinning Oʻzbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidov Tailandning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Sasivat Vongsinsavat bilan uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlarni faollashtirish, iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish, oʻzaro tovar aylanmasi hajmini oshirish kabi masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, Filippinning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlangan Roberto G.Manalo bilan ikki davlat oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring