Taekvondochilarimiz hal qiluvchi musobaqaga jo‘nab ketishdi
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga yo‘l oldi. Hamyurtlarimiz Usi shahrida o‘tkaziladigan yilning so‘nggi va hal qiluvchi “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etishadi.
Dasturga ko‘ra, 13-14 dekabr kunlari musobaqaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. 16-17 dekabrda esa hal qiluvchi bellashuvlarga navbat beriladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu sport turida “Katta dubulg‘a” turniri uchun ham alohida reyting yuritilib, unda peshqadamlik qilgan 1 ta atlet Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Jamoamiz tarkibida Ulug‘bek Rashitov hamda Svetlana Osipova kichik jarohat sabab ushbu turnirni o‘tkazib yuborishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring