Taekvondo WT: Sultonbek Nabiyev — chempion!
Ayni kunlarda BAAning Fujayra shahri taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Sultonbek Nabiyev 37 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahslarda barcha raqibini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring