Tadqiqot: “Omikron”ga qarshi emlanish keksalar oʻrtasida shifoxonaga yotqizilish xavfini 81 foizga kamaytiradi

14:37 11 Yanvar 2023 Dunyo
850 0

Hozir dunyoda “omikron” shtammining bir qator mutatsiyalari dominant versiyaga aylangan. Ular kuz-qish oylarida Yer yuzida koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqiniga sabab boʻldi.

Kasallikni jilovlash uchun esa emlanishning ahamiyati hamon dolzarb. Isroil mamlakati olimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus tadqiqot bu xulosani yana bir bor tasdiqladi.

Izlanishlar davomida “omikron” shtammiga qarshi vaksinalarning keksa yoshli insonlarga taʼsiri oʻrganildi. Buning uchun 622 ming nafardan ziyod bemorlarning tibbiy maʼlumotlari tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, bunday vaksinalar oltmish besh va undan katta yoshli kishilarda koronavirus oqibatida shifoxonaga yotqizilish holatlarining oldini olishda 81 foiz samara beradi.

Shuningdek, tadqiqot asnosida emlanmagan aholi oʻrtasida SOVID-19dan oʻlim koʻrsatkichi vaksina olganlarga nisbatan ancha yuqori ekanligi ham maʼlum boʻldi.

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi esa oʻtgan oyda 18 yoshdan katta fuqarolar oʻrtasida “omikron”ga qarshi vaksinalar gospitalizatsiya xavfini emlanmaganlarga nisbatan 57 foizga kamaytirishini aniqlagan edi.

Shu bois, xalqaro ekspertlar barcha aholi qatlami, jumladan, birinchi navbatda, tibbiyot va taʼlim tizimi xodimlari, keksalar, surunkali kasalliklarga chalinganlar va homilador ayollar buster doza bilan emlanishlari zarurligini tavsiya qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер