Tadbirkorning juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirgan sotuvchi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M.” MCHJ doʻkon sotuvchisi I.S. 230 mln soʻmlik qurilish materiallarini naqd pulga sotib, pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab tadbirkorning juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring