Tadbirkorning suvdan qarzini “nol” qilib bermoqchi boʻlgan mutaxassis ushlandi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tadbirkorning suv taʼminotidan qarzdorligini bartaraf qilib berishni vaʼda qilgan mutaxassis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Guliston shahri boʻlimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “S.I.T.” MCHJ boʻlim mutaxassisi E.V. YATT A.R.ning ishlab chiqarish sexida suv taʼminotidan 17 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib, yangi hisoblagich oʻrnatib berishi evaziga MCHJ xodimi Q.J. orqali 4,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring