Tadbirkorning oʻrni xalq orasida...

18:06 29 Aprel 2020 Jamiyat
994 0

Muhtaram Prezidentimiz xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surdi.

Xalqimiz uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyida ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish ham qarz, ham farz ekanligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini faol qoʻllab-quvvatlash maqsadga muvofiq ekanligini davlatimiz rahbari alohida eʼtirof etdi.

Ushbu daʼvatkor soʻzlaridan ruhlanib biz kabi tadbirkorlar hududlarida yashayotgan kam taʼminlangan oilalarga koʻmak berishga, oʻz saxovatpeshaliklarini namoyish etishga kirishdi. Biz ham xayrli ishga oʻzimizning kamtarona hissamizni qoʻshish niyatida Navoiy viloyatida istiqomat qilayotgan 113 nafar oilani otaliqqa olib, ularga uch oy mobaynida zarur oziq-ovqat mahsulotlari uchun mablagʻ ajratdik, 100 nafar fuqarolar doimiy ish bilan taʼminlandi.

“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan uzoq yillik oʻzaro ishonchga asoslangan hamkorligimiz natijasida bankning moliyaviy koʻmagi bilan Karmana tumanida zamonaviy issiqxonalar majmuasi, asalarichilik, uzumchilik, bogʻdorchilik kabi loyihalar hamda Qiziltepa tumanida tashkil etilayotgan yangi tekstil fabrikasi foydalanishga topshirilishi natijasida joriy yil sentyabr oyiga qadar jami 800 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga, pirovardida yurtimizdagi kambagʻallik muammosini qisman boʻlsada bartaraf etilishida oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.

Ulugʻbek FAYZIYEV,
Oliy Majlis Senati aʼzosi,
“Zarafshon Golden Group” kompaniyasi taʼsischisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер