Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar cheklanadi

15:54 17 Aprel 2026 Hujjatlar
111 0

“Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida «Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi.

Mazkur farmonga koʻra, 2026-yil 1-iyuldan amaldagi funksiyalariga qoʻshimcha ravishda quyidagi yangi imkoniyatlarga ega “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi:

  • tadbirkor faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida maʼlumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish;
  • oʻtkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar natijasi boʻyicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish;
  • tekshirish huquqi boʻlmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish va boshqalar.

Quyidagilar 2026-yil 1-avgustdan boshlab joriy etiladi:

  • nazorat qiluvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari va xodimlari (davlat xizmatchisi) hamda tadbirkorlar oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish tartibi;
  • “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlar faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini roʻyxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni taʼminlovchi “Biznes himoya” QR-kodi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?