Tadbirkorlarning eksport faoliyati qoʻllab-quvvatlanadi
Foto: Illustrativ surat
“Tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–268-son, 21.12.2022-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar belgilandi:
eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditlarni oʻz vaqtida soʻndirib kelayotgan tadbirkorlarga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratishga ruxsat etiladi;
2024-yil 1-yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring