Tadbirkorlarga quyosh energiyasi quvvatlarini joriy etishda manfaatdorligini oshirish uchun qoʻshimcha yengilliklar yaratiladi

17:22 28 Fevral 2024 Siyosat
232 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Joylarda quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni yanada kengaytirish, aholining “yashil” energiyadan foydalanish borasidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.

Bu maqsadlarga qoʻshimcha 50 million dollar resurs ajratish, xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazib, yana 100 million dollar jalb qilishga koʻrsatma berildi.

Tadbirkorlarga quyosh energiyasi quvvatlarini joriy etishda manfaatdorligini oshirish uchun qoʻshimcha yengilliklar yaratilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер