Tadbirkorlarga koʻp qavatli ishlab chiqarish binolar boʻyicha soliq kamaytiriladi
Foto: Arxiv surat
2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan* yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisoblangan summani
uch qavatli binoga — 0,9;
toʻrt qavatli binoga — 0,8;
besh qavatli binoga — 0,7;
olti qavatli binoga — 0,6;
yetti va undan yuqori qavatli binoga — 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi.
*Izoh: respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar bundan mustasno.
Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:
— mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan (ofis uchun xonalar va oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun, kasbni egallash maqsadida tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish xonalari va h.k.) birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa;
— ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring