Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi

12:57 20 Dekabr 2022 Siyosat
877 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezidentimiz iqtisodiy islohotlar qatʼiy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar toʻliq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.

Birinchi navbatda, hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish boʻyicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.

Kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi.

Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil boʻladi.

Biznesga soliq yukini kamaytirish boʻyicha ishlar davom ettiriladi. Jumladan, 1-yanvardan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion soʻm mablagʻ qoladi.

Ilgʻor tajribalar asosida soliq va bojxona maʼmurchiligi jiddiy isloh qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер