Tadbirkorga yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

17:17 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
554 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.N. tadbirkor R.M.ga tuman markazidagi savdo doʻkoni yonidagi 20 kv.metr boʻsh yer maydonini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 8 000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер