Tabiiy obyektlarga 105 milliard 521 million soʻm zarar yetkazilgan
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyati hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosi oʻzanidan qum-shagʻal qazib olishga moratoriy joriy etilganiga qaramay, hamon noqonuniy xatti-harakatlar uchrab turibdi. Buning oldini olish maqsadida oxirgi olti oy davomida oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirlarida 8 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan.
Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, keyingi 6 oyda Zarafshon daryosi oʻzanidan noruda materiallar noqonuniy qazilishi oqibatida tabiiy obyektlarga 105 milliard 521 million 903 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Joriy etilgan moratoriyga rioya qilmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring