Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

19:30 11 Noyabr 2023 Jamiyat
223 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Fargʻona” GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oʻzbekiston tumanida yashovchi R.Yu. “Q.” MFYda hududidagi fuqaro M.A.ning uyining yordamchi xoʻjaligida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulanib, jami 1,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер