Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Jizzax shahar “Shodlik” MFYda yashovchi O.Sh. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulanib, jami 372,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring