Tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

12:52 04 Dekabr 2023 Jamiyat
265 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.D. va N.K. “B.” MFY hududidagi issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, 321,5 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 482,3 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.A. oʻziga tegishli savdo doʻkonida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 311,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Shoʻrchi tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.T.” MCHJ masʼul shaxslari tosh maydalovchi uskunasining elektr hisoblagich tamgʻasini buzib, jami 122,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi
aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер