Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl, Chinoz va Zangiota tumani boʻlimlari, DXX, IIB va GTF xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu tumanlardagi “Shodlik”, “Koʻkalamzor”, “Islomobod” va “Boʻston” MFYda yashovchi 5 nafar fuqaro xonadonlarida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 356,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Zangiota tuman boʻlimi, “Oʻzenergoinspeksiya” va tuman GTF xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Obod toʻqimachi” MFYda yashovchi D.X. oʻz uyida tashkil etgan issiqxonani umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 342,7 mln soʻmlik tabiiy resursdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyat boshqarmasi va tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda “A.g.” MCHJ masʼul shaxslari MCHJ tegishli “Sohibkor” massividagi bogʻda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulanib, jami 264,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring