Suv taʼminoti tashkilotlariga yangi texnikalar topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatida suv taʼminoti tashkilotlariga maxsus texnikalar ajratildi. Endilikda yilning istalgan vaqtida nosozliklarning qaysi turi boʻlishidan qatʼi nazar, ularni bartaraf etish imkoniyati yanada yaxshilandi.

Yangi texnikalarni topshirish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, suv taʼminoti tizimini zamonaviylashtirish, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va avariya holatlarni tezkor bartaraf etish boʻyicha izchil ishlar olib borilayotganini alohida taʼkidladi. Bugun topshirilayotgan texnikalar aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilishini bildirdi.

Yangi avtomobillar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, suv tarmoqlaridagi muammolarni aniqlashda tezkorlikni taʼminlaydi.
Qayd etish joizki, “Samarqand suv taʼminoti” AJ tasarrufida boʻlgan ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarida joriy yilning birinchi yarim yilligida 6120 ta nosozliklar kuzatilgan va bartaraf qilingan.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring