Suv quvurlari muzlamasligi uchun nima qilish kerak?

18:03 13 Dekabr 2023 Jamiyat
323 0

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati tomonidan muzlagan quvurlarni uy sharoitida eritish uchun tavsiyalar berildi:

Iliq suvdan foydalaning. Ushbu usul suvning turgʻunlik zonasi aniq belgilangan va u kichik boʻlgan hollarda tanlanadi. Quvurning ochiq muzlagan joyini latta yoki biror mato bilan oʻrab, ustiga iliq issiq suv quying va suv haroratini sekin-asta oshirib boring. Kranni oching – bu muzning erishini tezlashtiradi. Namlangan lattalar esa issiqlikni bir muddat ushlab turadi, plastmassa yoki metall quvurlar ichidagi muzni eritishga imkon beradi.

Fendan foydalaning. Iliq havo oqimini yaratadigan har qanday qurilmadan foydalanish mumkin. Ushbu usul quvurlarda muzlagan kichik maydonlarni isitish uchun xizmat qiladi. Ammo ushbu usul plastik qoplama haddan tashqari qizib ketishi va erishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois fendan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiling.

Agar chanoq (rakovina) yoki unitaz yaqinidagi quvur muzlagan boʻlsa, unga qaynatilgan tuz qorishmasini (10 litr suv uchun 1 kg. tuz) quying.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер