Suv polochilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi

10:45 08 Oktyabr 2021 Sport
591 0

Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Isroil davlatida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Netaniya shahriga yo‘l oldi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, shu yilning 10 — 16-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada Ispaniya, Braziliya, O‘zbekiston, Fransiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Argentina kabi jami 16 terma jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Ta’kidlash joizki, yosh polochilarimizning bo‘lajak nufuzli musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi va terma jamoamiz a’zolari yoshlar o‘rtasida jahon chempionatiga o‘z oldilariga yuqori maqsadlarni qo‘ygan holda yo‘l olishdi. Musobaqada jamoamiz “D” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, kvartetimizda Braziliya, Rossiya va Vengriya jamoalarini ham ko‘rish mumkin.

Jamoamizning mazkur turnirdagi taqvimi quyidagicha:

1-tur:
10-oktyabr: Vengriya – O‘zbekiston

2-tur:
11-oktyabr: O‘zbekiston – Rossiya

3-tur:
12-oktyabr: Braziliya – O‘zbekiston

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер