Suv oʻgʻrilari 91,5 mln. soʻm zarar yetkazdi

18:43 09 Dekabr 2023 Jamiyat
285 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.A.” MCHJ rahbari J.A. avtomobillarni yuvish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 91,5 mln soʻmlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 169-moddasiga koʻra umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud ularni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish oʻgʻrilik deb baholanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер