Suv xoʻjaligida xotin-qizlar faolligini oshirish masalalari forum doirasida muhokama qilindi
“Tashkent Water Week – 2026” xalqaro suv forumi doirasida Toshkent shahrida Ayollar suv forumi haftaligi boʻlib oʻtdi.
Unda Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan tashabbuskor ayollar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti kabi xalqaro tashkilotlarning vakillari ham qatnashdi.
Soʻzga chiqqanlar Ayollar suv forumi haftaligi nafaqat muhokama maydoni, balki tajriba almashish, professional aloqalarni mustahkamlash va amaliy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan muhim platforma ekaniga eʼtibor qaratdi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda Oʻzbekiston suv xoʻjaligi sohasi keng koʻlamli islohotlar bosqichini boshdan kechirmoqda. Jumladan, yangi Suv kodeksi qabul qilinib, sohani rivojlantirish davlat dasturlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, har qanday islohotlarning samaradorligida xotin-qizlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.
Aynan shu maqsadda 2025–2030-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston suv xoʻjaligida gender tenglik konsepsiyasi qabul qilingani qayd etildi. Muhokama davomida ushbu konsepsiyaning ahamiyati, xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi, shuningdek, ayollarning oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishi va sohada yetakchi hamda tashabbuskor sifatida faol ishtirok etishini taʼminlashi masalalariga urgʻu berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring